Huquqiston.uz

Qidiruv

“prezident” bo‘yicha: 0 ta xizmat va yo‘nalish, 18 ta maqola.

Maqolalar

Siyosat · 17 noyabr, 12:26

2027-yildan mahkumlarga universitetlarda masofaviy ta’lim olish imkoniyati yaratiladi

2027/2028-o‘quv yilidan boshlab jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan shaxslar oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi va masofaviy shaklda tahsil olishi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, har yili kamida 15–20 ming nafar mahkumni kasbga o‘qitish belgilandi.

Jamiyat · 9 noyabr, 15:26

O‘zbekistonda maishiy texnika xaridi uchun 18 foizli kredit beriladi

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan muzlatkich, kir yuvish mashinasi, konditsioner va boshqa maishiy texnikalarni xarid qilish uchun yillik 18 foiz stavkada iste’mol kreditlari ajratish rejalashtirilmoqda. Buning uchun tijorat banklarini arzon moliyaviy resurslar bilan ta’minlash bo‘yicha taklif ishlab chiqiladi.

Jamiyat · 19 oktabr, 15:48

O‘zbekistonda Google Pay ishga tushirildi

Google O‘zbekistonda Google Pay to‘lov xizmatini ishga tushirdi. Mamlakat Google’ning xizmat mavjud bo‘lgan davlatlar rasmiy ro‘yxatiga ham qo‘shildi, biroq hozircha O‘zbekistondagi qaysi banklarning qanday kartalari Google Pay’ni qo‘llab-quvvatlashi ochiqlanmagan.

Jamiyat · 6 oktabr, 20:45

Gaz yetib bormagan hududlarda elektr limiti 350 kVt·soatga oshiriladi

Isitish mavsumida gazlashtirilmagan hamda tabiiy gaz yetib bormagan hududlarda elektr energiyasi bo‘yicha bazaviy me’yorni oyiga 200 kVt·soatdan 350 kVt·soatga oshirish taklifi ma’qullandi. Bundan tashqari, kommunal xarajatlar uchun kompensatsiya oluvchi oilalar sonini kengaytirish va amaldagi yordam muddatini 2028-yilgacha uzaytirish rejalashtirilmoqda.

Qonunchilik · 3 oktabr, 10:28

O‘zbekistonda dual ta’lim tartibi belgilandi: talaba ham ishlab ham oylik oladi va bitirgach ikki yil ishlab beradi

Oliy ta’limda korxonalar buyurtmasi asosida mutaxassis tayyorlashning yangi tizimi joriy etiladi. Talaba o‘qish davomida maosh oladi, uning korxonada ishlagan davri mehnat stajiga qo‘shiladi. Buning evaziga bitiruvchi buyurtmachi korxonada kamida ikki yil ishlab berishi kerak.

Jamiyat · 30 sentabr, 22:19

2028-yildan barcha oliygohlarda dual ta’lim tizimi joriy etiladi

Ish beruvchi buyurtma bergan nomzod oliygohga testsiz, suhbat asosida qabul qilinadi, talabaga to‘langan maoshning yarmini esa davlat qoplaydi. Dual ta’limning 50 foiz nazariya va 50 foiz amaliyotdan iborat modeli joriy o‘quv yilidan O‘zbekistonda ilk bor TDYUda tajriba tariqasida yo‘lga qo‘yilgan edi. Endi “korxona — oliygoh — maqsadli kadr” tizimi 2027-yildan 75 ta, 2028-yildan barcha oliygohlarda amal qiladi.

Qonunchilik · 11 sentabr, 14:36

Shovqin uchun jarima 8,8 mln so‘mgacha oshiriladi

O‘zbekistonda belgilangan me’yordan ortiq shovqin qilganlik uchun jarimalar keskin oshiriladi. Takroriy qoidabuzarlik uchun mansabdor shaxslarga 8,8 mln so‘mgacha jarima solinishi mumkin. Yangi tartib 11-dekabrdan kuchga kiradi.

Jamiyat · 10 sentabr, 12:02

O‘zbek alifbosini o‘zgartirish haqidagi qonun Senatda ma’qullandi

Oliy Majlis Senati lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi. Yangi alifbo amaldagi 26 ta harf va 3 ta harf birikmasi o‘rniga 28 ta harf hamda bitta tutuq belgisidan iborat bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda.

Qonunchilik · 7 sentabr, 20:06

Profilaktika inspektorlariga yana to‘rt turdagi yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarima qo‘llash vakolati berildi

Profilaktika inspektorlari mahalla ko‘chalari va yo‘laklarida sodir etilgan yana to‘rt turdagi yo‘l harakati qoidabuzarligi bo‘yicha jazo qo‘llashi mumkin bo‘ladi. Ularning faoliyatiga nisbatan aholi ovoz berishi orqali “ishonchsizlik tashabbusi”ni bildirish tizimi ham joriy etiladi.

Siyosat · 18 avgust, 15:23

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotdagi nutqidan asosiy fikrlar

18 avgust kuni davlat rahbari har yilgi anʼanaga muvofiq tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi. Unda biznes vakillari uchun bir qator yangiliklar va keng imkoniyatlar maʼlum qilindi.

Qonunchilik · 17 avgust, 14:21

O‘zbekistonda muddatli to‘lov xizmatlari Markaziy bank nazoratiga o‘tadi

2027-yil 1-yanvardan muddatli to‘lov xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniyalar Markaziy bank reestriga kiritiladi. Shartnoma muddati 12 oydan, uning qiymati esa 250 BHMdan oshmasligi kerak.

Qonunchilik · 16 avgust, 14:35

Davlat idorasi ustidan shikoyat qilinganda mansabdor ma’muriy sudga kelishi shart bo‘ladi

Davlat idorasining qarori, harakati yoki harakatsizligi ustidan shikoyat berilganda, tegishli mansabdor yoxud uning vakili ma’muriy sud majlisida qatnashishi shart. U uzrli sababsiz kelmasa, sud muhokamasi kechiktirilishi va mansabdorga sud jarimasi qo‘llanishi mumkin.

Qonunchilik · 15 avgust, 16:16

Noto‘g‘ri sudga berilgan ariza endi fuqaroga qaytarilmaydi

Sudga taqdim etilgan ariza boshqa sud vakolatiga kirsa, uni fuqaroga qaytarish o‘rniga tegishli sudga yuborish tartibi kengaytiriladi. Arizada juz’iy kamchiliklar bo‘lsa, sud ularni bartaraf etishda fuqaroga yordam berishi kerak bo‘ladi.

Jamiyat · 14 avgust, 15:20

Tadbirkorlar kuni arafasida 66 nafar soha vakili davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Tadbirkorlar kuni munosabati bilan O‘zbekistonda 66 nafar biznes vakili davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Ular orasida yirik kompaniyalar asoschilari va rahbarlari, xorijiy investorlar hamda turli sohalarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bor.

Qonunchilik · 14 avgust, 12:38

Prezident Administratsiyasi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonun imzolandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Prezident Administratsiyasining huquqiy maqomi, asosiy vazifalari va vakolatlarini belgilovchi konstitutsiyaviy qonunni imzoladi. Hujjatga ko‘ra, Administratsiya davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirishi va nazorat qilishi, uning rahbari esa barcha davlat idoralari va mansabdor shaxslar bajarishi majburiy bo‘lgan farmoyishlar chiqarishi mumkin.

Qonunchilik · 4 avgust, 21:22

Prezident Administratsiyasining vakolatlari konstitutsiyaviy qonun bilan belgilanadi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Prezident Administratsiyasining huquqiy maqomi va vakolatlarini belgilovchi konstitutsiyaviy qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Hujjat Administratsiyaning davlat boshqaruvidagi o‘rni, faoliyatini tashkil etish tartibi hamda xodimlarining huquqiy kafolatlarini tartibga soladi. Loyiha hozircha qonun kuchiga ega emas.

Qonunchilik · 1 avgust, 22:45

O‘zbekistonda 1-avgustdan nimalar o‘zgardi?

2026-yil 1-avgustdan O‘zbekistonda tadbirkorlik tekshiruvlari, mehnat nizolari, transport, ekologiya va qishloq xo‘jaligiga oid yangi tartiblar kuchga kirdi. Endilikda ayrim tekshiruvlar QR-kod orqali ro‘yxatga olinadi, mehnat nizolari ixtisoslashgan sudyalarga taqsimlanadi, jarima maydonchasidagi avtomobil esa elektron ruxsat bilan chiqariladi. Shuningdek, ayrim sohalar uchun yangi imtiyozlar va qo‘shimcha cheklovlar joriy etildi.

Qonunchilik · 24 iyul, 22:55

Oʻzbekistonda Investitsiya kodeksi loyihasi ishlab chiqildi

Huquqiston loyihadagi asosiy oʻzgarishlarni bir joyga jamladi: