Bo‘lim

Jamiyat

Odamlar hayotiga bevosita ta’sir qiladigan ijtimoiy masalalar, xizmatlar va kundalik huquqiy vaziyatlar.
Jamiyat

Madad Invest Bank asoschisi Moʻminjon Yoʻldashev xalqaro qidiruvga berildi

Interpol Moʻminjon Yoʻldashevga nisbatan 2026 yil 15 sentabrda Red Notice eʼlon qildi. U Oʻzbekistonda oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilishda ayblanmoqda. Yoʻldashev 2024 yilda Madad Invest Bank kuzatuv kengashi raisligidan ketgan, ammo bank aksiyalarining asosiy qismi hali ham uning oila aʼzolari va ularga bogʻliq kompaniya qoʻlida qolmoqda.

Batafsil o‘qish →

So‘nggi materiallar

Jamiyat

“Foizsiz kredit” va’dasi bilan 400 dan ortiq fuqaro aldandi — 17 mlrd so‘m o‘zlashtirilgan

Toshkent viloyatida “foizsiz kredit” olib berishni va’da qilib, 400 dan ortiq fuqaro nomiga kredit rasmiylashtirgan guruh aniqlandi. Ajratilgan mablag‘larning qariyb 17 mlrd so‘mi o‘zlashtirilgani aytilmoqda.

Jamiyat

O‘zbek alifbosini o‘zgartirish haqidagi qonun Senatda ma’qullandi

Oliy Majlis Senati lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi. Yangi alifbo amaldagi 26 ta harf va 3 ta harf birikmasi o‘rniga 28 ta harf hamda bitta tutuq belgisidan iborat bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda.

Jamiyat

Farg‘onada hokim lavozimiga tayinlash uchun 210 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi

Farg‘ona viloyatida fuqaroni Uchko‘prik tumani hokimi lavozimiga tayinlashga yordam berishni va’da qilib, buning evaziga 210 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi. Gumonlanuvchi 100 ming dollarni olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Jamiyat

O‘zbekistonda IMEI-kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 7 yilda 3 trln so‘mdan ortiq to‘lov qilingan

O‘zbekistonda UzIMEI tizimi ishga tushirilganidan buyon 97,8 mln dan ortiq IMEI-kod ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Gazeta.uz ma’lumotiga ko‘ra, buning uchun jami 253 mln dollar yoki 3 trln so‘mdan ortiq to‘lov amalga oshirilgan. Tizim operatori majburiy undiriladigan ushbu mablag‘ni soliq emas, ko‘rsatilayotgan xizmat uchun to‘lov deb izohlamoqda.

Jamiyat

Tadbirkorlar kuni arafasida 66 nafar soha vakili davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Tadbirkorlar kuni munosabati bilan O‘zbekistonda 66 nafar biznes vakili davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Ular orasida yirik kompaniyalar asoschilari va rahbarlari, xorijiy investorlar hamda turli sohalarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bor.

Jamiyat

Soliq qoʻmitasi raisining sobiq birinchi oʻrinbosari Mubin Mirzayev 8 yil 2 oyga qamaldi

Jinoyat ishlari boʻyicha Shayxontohur tuman sudi Soliq qoʻmitasi raisining sobiq birinchi oʻrinbosari Mubin Mirzayev va yana 8 nafar shaxsga nisbatan hukm chiqardi. Mirzayev firibgarlik, mansab vakolatini suiisteʼmol qilish va hokimiyat harakatsizligida aybdor deb topilib, 8 yil 2 oyga ozodlikdan mahrum qilindi.