➖ Oʻtgan yarim yillikda Oʻzbekiston iqtisodiyoti 8,5 foizga oʻsdi.
➖ “Fitch” va “Moody’s” xalqaro reyting agentliklari mamlakatimiz suveren kredit reytingini bir pogʻona yaxshiladi.
➖ Jahon bankining investitsiya va ishbilarmonlik muhiti toʻgʻrisidagi hisobotida Oʻzbekiston yetakchi davlatlar qatoridan joy olib, 31-oʻrinni egalladi.
➖ Shu yilning oʻzida xususiy korxonalar yirik davlat kompaniyalaridan 4 trillion soʻmlik kooperatsiya buyurtmalarini olishga erishdi.
➖ Strategik korxonalar mahalliylashtirish uchun 650 dan ziyod yangi mahsulot roʻyxatini eʼlon qilgani tadbirkorlar uchun qoʻshimcha 1 milliard dollarlik bozor yaratdi.
➖ Qoʻshilgan qiymat soligʻiga oʻtish chegarasi 1 milliard soʻmdan 5 milliard soʻmga oshirilgani 600 ming kichik biznes vakiliga katta dalda boʻldi.
➖ Kafe va restoranlarga qoʻshilgan qiymat soligʻidan 100 milliard soʻm “keshbek” sifatida qaytarildi.
➖ Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun qoʻshilgan qiymat soligʻining “nol” stavkasi belgilangani hisobiga 400 milliard soʻm fermerlarning oʻzida qoldi.
➖ Qozogʻistonda 11 turdagi qurilish materiallari importiga qoʻyilgan cheklov bekor qilindi.
➖ Turkmaniston bilan ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan oʻzaro bojsiz savdo rejimi yoʻlga qoʻyildi.
➖ Iordaniya bilan 150 turdagi, Pokiston bilan 88 turdagi, Eron va Afgʻoniston bilan 34 turdagi mahsulot boʻyicha imtiyozli savdo bitimlari tuzildi.
➖ Mongoliya, Birlashgan Arab Amirliklari, Ummon, Malayziya, Singapur, Indoneziya, Misr va Hindiston bilan ham bunday kelishuvlar boʻyicha ish olib borilmoqda.
➖ Jizzaxda atom elektr stansiyasi, Olmaliqda toʻrtinchi Misni boyitish fabrikasi, “Toshkent – Samarqand” va “Toshkent – Andijon” yoʻnalishlarida yangi zamonaviy avtomobil yoʻllari qurilmoqda.
➖ Xorazmda ekologik avia-yoqilgʻi majmuasi, Surxondaryoda 940 gektarda zamonaviy issiqxona, Yuqorichirchiqda Yangi Toshkent aeroporti qurilmoqda.
➖ Bu yil qiymati 27 milliard dollar boʻlgan 105 ta yangi sanoat va infratuzilma loyihalari boshlanadi.
➖ Barcha hududlarda jami 3 million aholi uchun yangi massivlar barpo etilmoqda.
➖ Yirik loyihalarda oʻz mahsuloti va xizmati bilan ishtirok etmoqchi boʻlgan tadbirkorlar uchun xorijiy investorlar bilan tengma-teng sharoit yaratib beriladi.
➖ Transport-logistika sohasidagi tadbirkorlarga yuk mashinalarini import qilishda boj va utilizatsiya yigʻimi olib tashlandi.
➖ Mahalliy operatorlarga xalqaro tashuvlar uchun vagon taqdim etishda qoʻshilgan qiymat soligʻi “nol” stavkaga tushiriladi.
➖ Kelasi yil Gruziyaning Poti portida quvvati 500 ming tonna boʻlgan logistika markazi ishga tushiriladi, Anakliya porti loyihasi boʻyicha ham amaliy ishlar boshlandi.
➖ Olot, Termiz, Yangiyoʻl, Ohangaron tumanlari va Xonobod shahrida yirik transport-logistika markazlari tashkil etiladi.
➖ 2027 yilda Toshkent xalqaro moliya markazi va “Enterprise Uzbekistan” xalqaro raqamli texnologiyalar markazi ishga tushiriladi.
➖ Soʻnggi yillarda banklar kredit portfelida kichik biznes ulushi 45 foizdan 63 foizga oshdi. Birinchi yarim yillikning oʻzida kichik va oʻrta biznesga 76,5 trillion soʻm resurs ajratildi.
➖ “Kredit xizmatlari yagona raqamli portali”da tadbirkor bitta ariza beradi, banklar esa mijoz uchun raqobat qiladi.
➖ Biznesning har bir bosqichiga mos qoʻllab-quvvatlash choralari va moliyaviy mexanizmlarni taqdim etadigan yaxlit ekotizim yaratiladi.
➖ Yangi tadbirkorlar uchun “Biznes start”, ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyganlar uchun “Biznes lift”, yangi oʻsish bosqichiga oʻtayotganlar uchun “Biznes yuksalish” dasturlari joriy etiladi.
➖ Kichik tadbirkorlar uchun garov taʼminoti masalasini hal qilish maqsadida “kontr-kafolat” tizimi joriy qilinadi.
➖ Endi 10 milliard soʻmgacha kreditda garovning 30 foizini davlat, 30 foizini Biznesni kafolatlash kompaniyasi, yana 15 foizini banklar zimmasiga oladi. Tadbirkorga kredit olish uchun 25 foiz garov topish yetarli boʻladi.
➖ “Virtual soliq maslahatchisi” orqali tadbirkorga xarajat va xatoni kamaytirishga xizmat qiladigan sunʼiy intellekt portali ishga tushdi.
➖ 2027 yildan “sunʼiy intellekt yordamchilari” qurilish, mehnat munosabatlari, tashqi savdo va davlat xizmatlari jarayonlariga ham joriy qilinadi.
➖ Tadbirkorlarni boshidan oxirigacha qoʻllab-quvvatlaydigan, birinchi qadamidan katta biznesga aylangunicha hamrohlik qiladigan kompleks tizim yaratiladi.
➖ Davlat aktivini sotib olishda avans miqdori 30 foizdan 15 foizga tushiriladi.
➖ Olti oy davomida toʻlovlarni toʻliq amalga oshirgan tadbirkorlarga 25 foiz chegirma beriladi. Jami summaning yarmini toʻlaganlar qolganini 7 yilda foizsiz, boʻlib-boʻlib toʻlashi mumkin boʻladi.
➖ Uch oyda sotilmagan davlat mulkining boshlangʻich narxi bosqichma-bosqich 10 foizgacha kamaytiriladi. Auksion muddati 30 kundan 15 kunga, takroriy savdoda 10 kundan 5 kunga qisqaradi.
➖ Yerlar qurilishga ruxsati, arxitektura rejalashtirish topshirigʻi va loyihasi bilan “tayyor paket” shaklida savdoga chiqariladi.
➖ Infratuzilma yigʻimi boʻyicha avans toʻlovi 20 foizdan 5 foizga tushiriladi.
➖ Banklardagi 9 trillion soʻmlik 2,5 mingta mulkni chegirmali narxda, boshlangʻich toʻlovsiz, foizsiz, boʻlib toʻlash sharti bilan sotishga ruxsat beriladi. Banklardan ushbu obʼektlarni sotib olgan tadbirkorlar bir yil yer va mulk soligʻini toʻlamaydi.
➖ Navoiy, Jizzax, Namangan, Urgut va Hazorasp maxsus iqtisodiy zonalarining bir qismida “Bond sanoat zonalari” tashkil etiladi.
➖ “Bond sanoat zonalari”da tadbirkorlarga tayyor binolarni infratuzilmasi bilan taqdim qilishga 50 million dollar ajratiladi.
➖ ASKUE va ASKUG tizimiga ulangan, toʻlov intizomini buzmagan korxonalar uchun elektr energiyasi va gaz boʻyicha avans miqdori 100 foizdan 15 foizga tushiriladi.
➖ Davlat obʼektlari smetasida pudrat korxonalari uchun 7 foiz foyda koʻzda tutiladi. Loyihalash ishlariga esa obʼekt qiymatining 4 foizidan 7 foizigacha mablagʻ ajratiladi.
➖ Sunʼiy intellekt va zamonaviy yondashuvlarni joriy qilgan tadbirkorlarning 54 foizida mahsulotga talab keskin oshgan, 25 foizida tannarx sezilarli kamaygan, 40 foizida ishchilar oyligi 10 foizdan yuqori oʻsgan.
➖ Raqamli Hukumat markazida birinchi super-kompyuter klasteri faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Kelasi yil uning quvvati 3 karra oshiriladi.
➖ “10 ming korxona uchun – sunʼiy intellekt hamkor” dasturi boshlanadi.
➖ Korxonalarga sunʼiy intellekt joriy qilish xarajatining 50 foizi – 30 ming dollargacha kompensatsiya qilinadi.
➖ Yangi mahsulotlar sunʼiy intellekt modelini yaratish uchun super-kompyuter imkoniyatlaridan bepul foydalanish mumkin boʻladi.
➖ Korxonalarning yangi mahsulot yaratish, ilgʻor texnologiyalarni joriy qilish boʻyicha ilmiy-tadqiqot xarajatlari byudjetdan qoplanadi.
➖ Elektrotexnika, qurilish materiallari va oziq-ovqat sanoati korxonalariga avtomatlashgan boshqaruv tizimlarini joriy qilish xarajatlarining 50 foizi kompensatsiya qilinadi.
➖ Mahalliy korxonalarning kapital bozoriga jadal kirib borishi uchun nufuzli investitsiya banklari bilan akseleratsiya dasturi yoʻlga qoʻyiladi.
➖ Har yili yillik daromadi 1 trillion soʻmdan yuqori boʻlgan 50 ta korxona tanlab olinib, ularni “IPO”ga tayyorlash va hisobotlarini xalqaro standartlarga moslashtirish xarajatlarining yarmi qoplab beriladi.
➖ Sunʼiy intellekt va zamonaviy yondashuvlarni joriy qilgan tadbirkorlarning 54 foizida mahsulotga talab keskin oshgan, 25 foizida tannarx sezilarli kamaygan, 40 foizida ishchilar oyligi 10 foizdan yuqori oʻsgan.
➖ Raqamli Hukumat markazida birinchi super-kompyuter klasteri faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Kelasi yil uning quvvati 3 karra oshiriladi.
➖ “10 ming korxona uchun – sunʼiy intellekt hamkor” dasturi boshlanadi.
➖ Korxonalarga sunʼiy intellekt joriy qilish xarajatining 50 foizi – 30 ming dollargacha kompensatsiya qilinadi.
➖ Yangi mahsulotlar sunʼiy intellekt modelini yaratish uchun super-kompyuter imkoniyatlaridan bepul foydalanish mumkin boʻladi.
➖ Korxonalarning yangi mahsulot yaratish, ilgʻor texnologiyalarni joriy qilish boʻyicha ilmiy-tadqiqot xarajatlari byudjetdan qoplanadi.
➖ Elektrotexnika, qurilish materiallari va oziq-ovqat sanoati korxonalariga avtomatlashgan boshqaruv tizimlarini joriy qilish xarajatlarining 50 foizi kompensatsiya qilinadi.
➖ Mahalliy korxonalarning kapital bozoriga jadal kirib borishi uchun nufuzli investitsiya banklari bilan akseleratsiya dasturi yoʻlga qoʻyiladi.
➖ Har yili yillik daromadi 1 trillion soʻmdan yuqori boʻlgan 50 ta korxona tanlab olinib, ularni “IPO”ga tayyorlash va hisobotlarini xalqaro standartlarga moslashtirish xarajatlarining yarmi qoplab beriladi.
➖ Korxonalarga tashqi bozorga chiqishdagi barcha jarayonlarda kompleks xizmat koʻrsatadigan “eksport navigator” tizimi yoʻlga qoʻyiladi.
➖ Tashqi bozorda mustahkam oʻrin egallashi mumkin boʻlgan 100 ta mahsulot roʻyxati tuzilib, har biri boʻyicha raqobatchilar, tarif tizimi va logistika boʻyicha yechimlar ishlab chiqiladi.
➖ 2 mingta korxonada ishlab chiqarishni tashqi bozor va xaridor segmentiga moslashtirish dasturi amalga oshiriladi.
➖ 100 ta mahsulot boʻyicha tadbirkorlarga har bir bozor kesimida standart va sertifikatlar olishga koʻmaklashiladi, eksport uchun yangi moliyaviy mexanizmlar va eng optimal logistika marshrutlari ishlab chiqiladi.
➖ Tadbirkorlarga xorijiy “brend-meyker” olib kelish xarajatining yarmi – 500 ming dollargacha toʻlab beriladi.
➖ Tashqi bozorlarda milliy brendlarni targʻib qilish va ularni xalqaro talablarga moslashtirishga 50 ming dollargacha subsidiya beriladi.
➖ Market-pleyslar orqali mahsulotlarni omborga joylashtirish va sotish bilan bogʻliq xarajatlarning yarmi – 50 ming dollargacha kompensatsiya qilinadi.
➖ Xalqaro tenderlarda ishtirok etishga yoʻl-yoʻriq koʻrsatadigan konsalting kompaniyalari xarajatining 80 foizi – 50 ming dollargacha qoplab beriladi.
➖ Barcha eksportchilar uchun teng sharoit yaratib, ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona tizim qilinadi. Bunga 1 milliard dollar yoʻnaltiriladi.
➖ Diplomatlar “tadbirkorlarning elchisi”ga aylanadi.
➖ Katta eksport bozorimiz boʻlgan 20 ta va istiqboli yuqori yana 5 ta davlatda faol ishlayotgan tadbirkorlarga “eksport elchilari” maqomi beriladi.
➖ Eksportchilar yil yakunigacha qarzni qoplash uchun bankdagi hisobraqamiga valyuta qoʻysa, bu eksport tushumi sifatida qabul qilinadi.
➖ Tovar eksporti uchun toʻlov tushmagan boʻlsa ham, eksport qilishga cheklov olib tashlanadi. Invoys orqali eksport qilishda oldindan 50 foiz tushumni taʼminlash talabi ham bekor boʻladi.
➖ Savdo uyi va distribyutorlar orqali qilingan eksport boʻyicha valyuta tushumini taʼminlash muddati 180 kundan 365 kunga uzaytiriladi.
➖ Eksportchi foydasiga sud qarori chiqqan shartnomalar boʻyicha jarima qoʻllash toʻxtatiladi.
➖ Uch yilda biznesga soliq yuki 13,4 foizdan 12 foizga kamaydi. Oʻtgan oʻn yilda yashirin iqtisodiyot 50 foizdan 26 foizgacha qisqardi.
➖ Iqtisodiyotni “soya”dan chiqarish tekshirish bilan emas, aksincha, tadbirkorga yoʻl koʻrsatib, toʻgʻri ishlashga oʻrgatish orqali boʻlishi kerak.
➖ Kichik biznes faoliyatida inson sogʻligʻi va boshqa tadbirkorlar manfaatiga zarar yetkazish bilan bogʻliq boʻlmagan har qanday tekshirish uchun uch yil muddatga moratoriy eʼlon qilinadi.
➖ Endi oʻrta va yirik tadbirkorlar korxonasini ixtiyoriy profilaktik auditdan oʻtkazsa, uning xulosasini soliq organi tan oladi.
➖ Aniqlangan kamchilikni bartaraf qilgan tadbirkor jarimaga tortilmaydi va ushbu davr uchun soliq organi tekshiruv oʻtkazmaydi.
➖ Yongʻin xavfsizligi, qurilish, sanitariya va karantin tizimlarida ham profilaktik audit mexanizmi yoʻlga qoʻyiladi.
➖ Yil davomida oʻtkaziladigan har qanday takroriy tekshiruv faqat Biznes-ombudsman ruxsati bilan amalga oshiriladi.
➖ Hozir 51 ta idora moliyaviy jarima qoʻllash vakolatiga ega. Jarima mablagʻ yigʻish uchun emas, sohada tartib-intizom va profilaktika uchun xizmat qilishi kerak.
➖ Barcha turdagi jarimalar miqdori oʻrtacha 2 barobarga kamaytiriladi.
➖ Davlat xaridida qabul qilingan tovar boʻyicha zakalat puli avtomatik qaytadigan tizim joriy qilinadi.
➖ Kelasi yildan tadbirkor va davlat oʻrtasidagi nizolarni koʻrishda “Tadbirkorning haqlilik prezumpsiyasi” tamoyili joriy qilinadi.
➖ Endi tadbirkorning aybdorligi sudda isbotlanmaguncha, u aybsiz deb hisoblanadi, jarima va boshqa taʼsir choralari qoʻllanilmaydi.
➖ Tadbirkorlarga iqtisodiy va moliyaviy jarimalar qoʻllashda “Birinchi xato uchun – ogohlantirish” qoidasi yoʻlga qoʻyiladi.
➖ Birinchi marta qoida buzgan, lekin fuqarolar hayoti va sogʻligʻi, oʻzgalar mulkiga zarar yetkazmagan tadbirkorlarga kamchilikni bartaraf etish uchun 10 kun muddat beriladi.
➖ Tadbirkor foydasiga qaror chiqarilgan ishlar boʻyicha davlat idoralarining yetarli asos boʻlmasa-da, ishni oxirgi instansiyagacha olib borishiga chek qoʻyiladi.
➖ Nazorat organlari birinchi instansiyadan keyingi har bir bosqichda sudga murojaat qilish uchun davlat bojini toʻlashi majburiy boʻladi.
➖ Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Soliqqa oid nizolar boʻyicha ekspert kengashiga bojxona, qurilish, sanitariya, karantin va veterinariya sohalaridagi nizolarni koʻrib chiqish vakoliyati ham beriladi.
➖ Tadbirkorlikka oid davlat xizmatlarining 50 foizi “sukut – rozilik” tamoyiliga oʻtkaziladi.
➖ Agar tadbirkorning arizasi belgilangan vaqtda koʻrib chiqilmasa, murojaat avtomatik ravishda tadbirkor foydasiga hal qilingan hisoblanadi.
➖ Litsenziya boʻyicha ariza rad qilingan har bir holatni Biznes-ombudsman oʻrganadi. Asossiz rad qilish uchun javobgarlik kuchaytiriladi.
➖ 30 dan ziyod faoliyat turi boʻyicha litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilinadi.
➖ Yana 35 ta litsenziya va ruxsatnomani berish muddati 2-3 karra qisqartiriladi.
➖ 10 ta litsenziya va ruxsatnoma xabardor qilish tartibiga oʻtkaziladi.
➖ Oziq-ovqat eksportida talab etiladigan 3 ta ruxsatnoma – veterinariya, sanitariya va fitosanitariya hujjatlari oʻrniga “Yagona salomatlik sertifikati” beriladi.
➖ Yangi litsenziya va ruxsatnoma joriy qilishdan olti oy oldin u 3 ta hududda eksperimentdan oʻtkaziladi.
➖ Biznes vakillarining ijro hujjatlari, ayniqsa, tadbirkor mulkiga taqiq qoʻyish bilan bogʻliq eʼtirozlarini hal qilish uchun ijro masalalari boʻyicha alohida uchrashuv oʻtkaziladi.
➖ Yil boshidan yurtimizga 8 million xorijiy sayyoh tashrif buyurdi, ularning Oʻzbekistonda boʻlish muddati 8 kungacha uzaydi.
➖ Mehmonxona qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlashga 50 million dollar resurs ajratiladi.
➖ Tadbirkorlarga mehmonxona qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun 10 yil muddatga milliy valyutada 16 foizli kredit beriladi.
➖ Uch, toʻrt va besh yulduzli mehmonxona qurishga subsidiyalar berish muddati yana ikki yilga uzaytiriladi.
➖ Subsidiya olish uchun mehmonxona toifasini tasdiqlashda xorijiy kompaniyalar xulosasini talab etish amaliyoti bekor qilinadi.
➖ Mehmonxonalar uchun yer va mulk soligʻini 10 barobar kam stavkada toʻlash boʻyicha imtiyoz 2030 yilgacha uzaytiriladi.
➖ Joylashtiruv oʻrinlari 50 tadan koʻp boʻlgan mehmonxonalarga naqd valyutani qabul qiladigan bankomatlarni banklarning oʻzi oʻrnatib beradi.
➖ Turoperatorlarning xorijiy turistlarga koʻrsatgan xizmati eksportga tenglashtirilib, qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadi.
➖ Turistik avtobus, elektrobus va mikroavtobuslar olib kelishda bojxona imtiyozi yana bir yilga uzaytiriladi. Bunday turistik transportlar uchun utilizatsiya yigʻimi ham undirilmaydi.
➖ Bu yil yalpi ichki mahsulotni 180 milliard dollardan, eksportni 40 milliard dollardan oshirish boʻyicha katta marra olinmoqda.
➖ Tadbirkorlar yuqori daromadli ish oʻrinlarini koʻpaytirishi, qoʻshilgan qiymatni oshirishi, tashqi bozorlarga jadal kirib borishi uchun barcha sharoitlarni yaratish davom ettiriladi.
➖ Toshkentlik tadbirkorlar va korxona egalari “biz faqat tashqi bozor, eksportga ishlaymiz”, degan tashabbus atrofida birlashib, amaliy ishlarga kirishishi kerak.
➖ Andijon, Fargʻona va Namanganda toʻqimachilik va mashinasozlikda ichki bozor yoki xomashyo eksporti bilan cheklanmasdan, toʻliq zanjirli ishlab chiqarishni kengaytirish zarur.
➖ Samarqand, Buxoro va Xorazmda turizm va kreativ industriyani yangi imkoniyat maydoniga aylantirish, agrosanoatda xalqaro brendlarni yaratish uchun katta salohiyat bor.
➖ Navoiy va Toshkent viloyatida togʻ-kon, metallurgiya va ilmiy kimyoda korxonalar, olimlar va ishlab chiqaruvchilar birgalikda ishlashi kerak.
➖ Qashqadaryo va Surxondaryoda agrosanoat, neft-gaz kimyosida oddiy xomashyo sotishdan tayyor mahsulotning eng uzun va daromadli zanjiriga oʻtish zarur.
➖ Qoraqalpogʻistonda “yashil energetika”, Ay-Ti va sunʼiy intellektni iqtisodiy “drayver”ga aylantirish vazifasi qoʻyildi.
➖ Jizzax va Sirdaryoda avtomobilsozlik, elektrotexnika va qurilish materiallari sohasida salohiyatli klaster tizimi yaratilib, tadbirkorlar dunyoda raqobatlasha oladigan eng arzon tannarx va eng ilgʻor texnologiyalarga ega boʻlishi shart.


