“O‘zbekiston” bo‘yicha: 0 ta xizmat, 13 ta maqola.
Maqolalar
Shovqin uchun jarima 8,8 mln so‘mgacha oshiriladi
O‘zbekistonda belgilangan me’yordan ortiq shovqin qilganlik uchun jarimalar keskin oshiriladi. Takroriy qoidabuzarlik uchun mansabdor shaxslarga 8,8 mln so‘mgacha jarima solinishi mumkin. Yangi tartib 11-dekabrdan kuchga kiradi.
Jamiyat · 10 sentabr, 12:02O‘zbek alifbosini o‘zgartirish haqidagi qonun Senatda ma’qullandi
Oliy Majlis Senati lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi. Yangi alifbo amaldagi 26 ta harf va 3 ta harf birikmasi o‘rniga 28 ta harf hamda bitta tutuq belgisidan iborat bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda.
Jamiyat · 31 avgust, 15:59O‘zbekistonda IMEI-kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 7 yilda 3 trln so‘mdan ortiq to‘lov qilingan
O‘zbekistonda UzIMEI tizimi ishga tushirilganidan buyon 97,8 mln dan ortiq IMEI-kod ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Gazeta.uz ma’lumotiga ko‘ra, buning uchun jami 253 mln dollar yoki 3 trln so‘mdan ortiq to‘lov amalga oshirilgan. Tizim operatori majburiy undiriladigan ushbu mablag‘ni soliq emas, ko‘rsatilayotgan xizmat uchun to‘lov deb izohlamoqda.
Qonunchilik · 30 avgust, 11:38O‘zbekistonda “korrupsionerlar reyestri”ni yuritish tartibi belgilanmoqda
Korrupsiyaga oid jinoyat sodir etgan shaxslarning elektron reyestrini yuritish tartibi tasdiqlanishi mumkin. Reyestr yopiq shaklda yuritilib, davlat tashkilotlari ishga qabul qilish yoki lavozimga tayinlashdan oldin nomzodning unda bor-yo‘qligini majburiy tekshiradi. Ma’lumotlar shaxsning sudlanganlik muddati davomida saqlanadi.
Siyosat · 18 avgust, 15:23Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotdagi nutqidan asosiy fikrlar
18 avgust kuni davlat rahbari har yilgi anʼanaga muvofiq tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi. Unda biznes vakillari uchun bir qator yangiliklar va keng imkoniyatlar maʼlum qilindi.
Qonunchilik · 17 avgust, 14:21O‘zbekistonda muddatli to‘lov xizmatlari Markaziy bank nazoratiga o‘tadi
2027-yil 1-yanvardan muddatli to‘lov xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniyalar Markaziy bank reestriga kiritiladi. Shartnoma muddati 12 oydan, uning qiymati esa 250 BHMdan oshmasligi kerak.
Jamiyat · 14 avgust, 15:20Tadbirkorlar kuni arafasida 66 nafar soha vakili davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
Tadbirkorlar kuni munosabati bilan O‘zbekistonda 66 nafar biznes vakili davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Ular orasida yirik kompaniyalar asoschilari va rahbarlari, xorijiy investorlar hamda turli sohalarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bor.
Qonunchilik · 4 avgust, 21:22Prezident Administratsiyasining vakolatlari konstitutsiyaviy qonun bilan belgilanadi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Prezident Administratsiyasining huquqiy maqomi va vakolatlarini belgilovchi konstitutsiyaviy qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Hujjat Administratsiyaning davlat boshqaruvidagi o‘rni, faoliyatini tashkil etish tartibi hamda xodimlarining huquqiy kafolatlarini tartibga soladi. Loyiha hozircha qonun kuchiga ega emas.
Qonunchilik · 1 avgust, 22:45O‘zbekistonda 1-avgustdan nimalar o‘zgardi?
2026-yil 1-avgustdan O‘zbekistonda tadbirkorlik tekshiruvlari, mehnat nizolari, transport, ekologiya va qishloq xo‘jaligiga oid yangi tartiblar kuchga kirdi. Endilikda ayrim tekshiruvlar QR-kod orqali ro‘yxatga olinadi, mehnat nizolari ixtisoslashgan sudyalarga taqsimlanadi, jarima maydonchasidagi avtomobil esa elektron ruxsat bilan chiqariladi. Shuningdek, ayrim sohalar uchun yangi imtiyozlar va qo‘shimcha cheklovlar joriy etildi.
Qonunchilik · 28 iyul, 15:37Apex Moliya ilk islomiy mikromoliya bankiga aylanishni rejalashtirmoqda
Apex Moliya aksiyadorlari tashkilotni islomiy mikromoliya bankiga aylantirishga qaror qildi. Kompaniya buning uchun Markaziy bankdan dastlabki ruxsat va litsenziya olishi, ustav kapitalini esa 50 mlrd soʻmga yetkazishi kerak.
Qonunchilik · 24 iyul, 22:55Oʻzbekistonda Investitsiya kodeksi loyihasi ishlab chiqildi
Huquqiston loyihadagi asosiy oʻzgarishlarni bir joyga jamladi:
Siyosat · 22 iyul, 17:56Aholiga gaz yetkazib berish uchun subsidiyalar bosqichma-bosqich bekor qilinadi — Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Oʻzbekistonda aholiga tabiiy gazni past narxlarda yetkazib berish natijasida korxonalarga ajratiladigan byudjet subsidiyalari keskin qisqartiriladi. 2023 yilda ushbu maqsad uchun 18 trln soʻm sarflangan boʻlsa, 2029 yilga borib xarajatlarni 1,3 trln soʻmgacha kamaytirish rejalashtirilgan. Subsidiyalar tarif islohotlari orqali kamaytirilishi rejalashtirilgani sababli, bu tabiiy gaz narxlarining bosqichma-bosqich oshirilishiga olib kelishi mumkin.
Jamiyat · 20 sentabr, 17:37Madad Invest Bank asoschisi Moʻminjon Yoʻldashev xalqaro qidiruvga berildi
Interpol Moʻminjon Yoʻldashevga nisbatan 2026 yil 15 sentabrda Red Notice eʼlon qildi. U Oʻzbekistonda oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilishda ayblanmoqda. Yoʻldashev 2024 yilda Madad Invest Bank kuzatuv kengashi raisligidan ketgan, ammo bank aksiyalarining asosiy qismi hali ham uning oila aʼzolari va ularga bogʻliq kompaniya qoʻlida qolmoqda.