Huquqiston.uz

Qidiruv

“sud” bo‘yicha: 1 ta xizmat, 12 ta maqola.

Xizmatlar

Maqolalar

Foydali · 10 sentabr, 15:51

Ijtimoiy reyestrga kimlar kiritiladi va qanday yordamlar beriladi?

Huquqiston Ijtimoiy reyestrga kimlar kiritilishi, ariza nima sababdan rad etilishi va reyestrdagi oilalarga qanday yordamlar berilishini oson tilda tushuntiradi.

Jamiyat · 8 sentabr, 10:24

Farg‘onada hokim lavozimiga tayinlash uchun 210 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi

Farg‘ona viloyatida fuqaroni Uchko‘prik tumani hokimi lavozimiga tayinlashga yordam berishni va’da qilib, buning evaziga 210 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi. Gumonlanuvchi 100 ming dollarni olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Qonunchilik · 30 avgust, 11:38

O‘zbekistonda “korrupsionerlar reyestri”ni yuritish tartibi belgilanmoqda

Korrupsiyaga oid jinoyat sodir etgan shaxslarning elektron reyestrini yuritish tartibi tasdiqlanishi mumkin. Reyestr yopiq shaklda yuritilib, davlat tashkilotlari ishga qabul qilish yoki lavozimga tayinlashdan oldin nomzodning unda bor-yo‘qligini majburiy tekshiradi. Ma’lumotlar shaxsning sudlanganlik muddati davomida saqlanadi.

Siyosat · 18 avgust, 15:23

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotdagi nutqidan asosiy fikrlar

18 avgust kuni davlat rahbari har yilgi anʼanaga muvofiq tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi. Unda biznes vakillari uchun bir qator yangiliklar va keng imkoniyatlar maʼlum qilindi.

Qonunchilik · 16 avgust, 14:35

Davlat idorasi ustidan shikoyat qilinganda mansabdor ma’muriy sudga kelishi shart bo‘ladi

Davlat idorasining qarori, harakati yoki harakatsizligi ustidan shikoyat berilganda, tegishli mansabdor yoxud uning vakili ma’muriy sud majlisida qatnashishi shart. U uzrli sababsiz kelmasa, sud muhokamasi kechiktirilishi va mansabdorga sud jarimasi qo‘llanishi mumkin.

Qonunchilik · 15 avgust, 16:16

Noto‘g‘ri sudga berilgan ariza endi fuqaroga qaytarilmaydi

Sudga taqdim etilgan ariza boshqa sud vakolatiga kirsa, uni fuqaroga qaytarish o‘rniga tegishli sudga yuborish tartibi kengaytiriladi. Arizada juz’iy kamchiliklar bo‘lsa, sud ularni bartaraf etishda fuqaroga yordam berishi kerak bo‘ladi.

Xorij · 14 avgust, 16:57

“Qamchi prezident bo‘lardi, men dam olishga ketardim”: Sadir Japarov 2027-yil uchun avvalgi rejasini oshkor qildi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov dastlab 2027-yilgi prezidentlik saylovida ikkinchi muddatga nomzodini qo‘ymasdan, o‘rniga Kamchibek Tashiyevning prezident bo‘lishini rejalashtirganini aytdi. Biroq prezident keyinchalik bu fikridan qaytgan va endi saylovda ikkinchi muddat uchun qatnashmoqchi.

Jamiyat · 14 avgust, 15:20

Tadbirkorlar kuni arafasida 66 nafar soha vakili davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Tadbirkorlar kuni munosabati bilan O‘zbekistonda 66 nafar biznes vakili davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Ular orasida yirik kompaniyalar asoschilari va rahbarlari, xorijiy investorlar hamda turli sohalarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bor.

Qonunchilik · 1 avgust, 22:45

O‘zbekistonda 1-avgustdan nimalar o‘zgardi?

2026-yil 1-avgustdan O‘zbekistonda tadbirkorlik tekshiruvlari, mehnat nizolari, transport, ekologiya va qishloq xo‘jaligiga oid yangi tartiblar kuchga kirdi. Endilikda ayrim tekshiruvlar QR-kod orqali ro‘yxatga olinadi, mehnat nizolari ixtisoslashgan sudyalarga taqsimlanadi, jarima maydonchasidagi avtomobil esa elektron ruxsat bilan chiqariladi. Shuningdek, ayrim sohalar uchun yangi imtiyozlar va qo‘shimcha cheklovlar joriy etildi.

Jamiyat · 28 iyul, 15:12

Soliq qoʻmitasi raisining sobiq birinchi oʻrinbosari Mubin Mirzayev 8 yil 2 oyga qamaldi

Jinoyat ishlari boʻyicha Shayxontohur tuman sudi Soliq qoʻmitasi raisining sobiq birinchi oʻrinbosari Mubin Mirzayev va yana 8 nafar shaxsga nisbatan hukm chiqardi. Mirzayev firibgarlik, mansab vakolatini suiisteʼmol qilish va hokimiyat harakatsizligida aybdor deb topilib, 8 yil 2 oyga ozodlikdan mahrum qilindi.

Qonunchilik · 24 iyul, 22:55

Oʻzbekistonda Investitsiya kodeksi loyihasi ishlab chiqildi

Huquqiston loyihadagi asosiy oʻzgarishlarni bir joyga jamladi:

Jamiyat · 20 sentabr, 17:37

Madad Invest Bank asoschisi Moʻminjon Yoʻldashev xalqaro qidiruvga berildi

Interpol Moʻminjon Yoʻldashevga nisbatan 2026 yil 15 sentabrda Red Notice eʼlon qildi. U Oʻzbekistonda oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilishda ayblanmoqda. Yoʻldashev 2024 yilda Madad Invest Bank kuzatuv kengashi raisligidan ketgan, ammo bank aksiyalarining asosiy qismi hali ham uning oila aʼzolari va ularga bogʻliq kompaniya qoʻlida qolmoqda.