“korxonalar” bo‘yicha: 0 ta xizmat va yo‘nalish, 7 ta maqola.
Maqolalar
Toshkentda isitish va issiq suv tariflari 30 foizga oshirilishi mumkin
Hukumat qarori loyihasida Toshkent shahrida markazlashgan isitish va hisoblagichli issiq suv uchun yangi tariflarni 1-noyabrdan joriy etish taklif qilinmoqda. Isitishning kunlik narxi 1 kvadrat metr uchun 314 so‘mga, issiq suvning 1 kub metri esa 11 607 so‘mga yetishi mumkin. Hisoblagichsiz issiq suv uchun oylik to‘lovni kamaytirish ham ko‘zda tutilgan.
Qonunchilik · 3 oktabr, 10:28O‘zbekistonda dual ta’lim tartibi belgilandi: talaba ham ishlab ham oylik oladi va bitirgach ikki yil ishlab beradi
Oliy ta’limda korxonalar buyurtmasi asosida mutaxassis tayyorlashning yangi tizimi joriy etiladi. Talaba o‘qish davomida maosh oladi, uning korxonada ishlagan davri mehnat stajiga qo‘shiladi. Buning evaziga bitiruvchi buyurtmachi korxonada kamida ikki yil ishlab berishi kerak.
Jamiyat · 30 sentabr, 22:192028-yildan barcha oliygohlarda dual ta’lim tizimi joriy etiladi
Ish beruvchi buyurtma bergan nomzod oliygohga testsiz, suhbat asosida qabul qilinadi, talabaga to‘langan maoshning yarmini esa davlat qoplaydi. Dual ta’limning 50 foiz nazariya va 50 foiz amaliyotdan iborat modeli joriy o‘quv yilidan O‘zbekistonda ilk bor TDYUda tajriba tariqasida yo‘lga qo‘yilgan edi. Endi “korxona — oliygoh — maqsadli kadr” tizimi 2027-yildan 75 ta, 2028-yildan barcha oliygohlarda amal qiladi.
Siyosat · 18 avgust, 15:23Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotdagi nutqidan asosiy fikrlar
18 avgust kuni davlat rahbari har yilgi anʼanaga muvofiq tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi. Unda biznes vakillari uchun bir qator yangiliklar va keng imkoniyatlar maʼlum qilindi.
Qonunchilik · 14 avgust, 12:38Prezident Administratsiyasi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonun imzolandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Prezident Administratsiyasining huquqiy maqomi, asosiy vazifalari va vakolatlarini belgilovchi konstitutsiyaviy qonunni imzoladi. Hujjatga ko‘ra, Administratsiya davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirishi va nazorat qilishi, uning rahbari esa barcha davlat idoralari va mansabdor shaxslar bajarishi majburiy bo‘lgan farmoyishlar chiqarishi mumkin.
Qonunchilik · 1 avgust, 22:45O‘zbekistonda 1-avgustdan nimalar o‘zgardi?
2026-yil 1-avgustdan O‘zbekistonda tadbirkorlik tekshiruvlari, mehnat nizolari, transport, ekologiya va qishloq xo‘jaligiga oid yangi tartiblar kuchga kirdi. Endilikda ayrim tekshiruvlar QR-kod orqali ro‘yxatga olinadi, mehnat nizolari ixtisoslashgan sudyalarga taqsimlanadi, jarima maydonchasidagi avtomobil esa elektron ruxsat bilan chiqariladi. Shuningdek, ayrim sohalar uchun yangi imtiyozlar va qo‘shimcha cheklovlar joriy etildi.
Siyosat · 22 iyul, 17:56Aholiga gaz yetkazib berish uchun subsidiyalar bosqichma-bosqich bekor qilinadi — Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Oʻzbekistonda aholiga tabiiy gazni past narxlarda yetkazib berish natijasida korxonalarga ajratiladigan byudjet subsidiyalari keskin qisqartiriladi. 2023 yilda ushbu maqsad uchun 18 trln soʻm sarflangan boʻlsa, 2029 yilga borib xarajatlarni 1,3 trln soʻmgacha kamaytirish rejalashtirilgan. Subsidiyalar tarif islohotlari orqali kamaytirilishi rejalashtirilgani sababli, bu tabiiy gaz narxlarining bosqichma-bosqich oshirilishiga olib kelishi mumkin.