“qonunchilik sad” bo‘yicha: 0 ta xizmat va yo‘nalish, 8 ta maqola.
Maqolalar
2027-yildan mahkumlarga universitetlarda masofaviy ta’lim olish imkoniyati yaratiladi
2027/2028-o‘quv yilidan boshlab jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan shaxslar oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi va masofaviy shaklda tahsil olishi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, har yili kamida 15–20 ming nafar mahkumni kasbga o‘qitish belgilandi.
Foydali · 14 noyabr, 12:55Ish haqi kechiksa, xodimga har bir kun uchun kompensatsiya to‘lanishi shart
O‘zbekistonda ish beruvchi xodimning ish haqini belgilangan muddatda to‘lamasa, kechiktirilgan har bir kun uchun qo‘shimcha kompensatsiya to‘lashi kerak. Mehnat kodeksiga ko‘ra, kompensatsiya Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi asosida hisoblanadi va ish beruvchining aybi bor yoki yo‘qligidan qat’i nazar to‘lanadi. Kompensatsiya va uni qanday hisoblash haqida batafsil saytimizdagi maqolada tanishing:
Siyosat · 13 noyabr, 19:06Markaziy bank banklarga noqonuniy undirilgan kredit foizlari va jarimalarni qaytarishni topshirdi
Sud qaroridan keyin kredit qarzdorligiga qo‘shimcha foiz va jarimalar hisoblagan banklar ushbu summalarni bekor qilishi, mijozlardan undirilgan pullarni esa qaytarishi kerak. Markaziy bank tijorat banklariga 10-dekabrgacha tekshiruv o‘tkazish, 25-dekabrgacha uning natijalari bo‘yicha hisobot taqdim etish vazifasini yukladi.
Jamiyat · 9 noyabr, 15:26O‘zbekistonda maishiy texnika xaridi uchun 18 foizli kredit beriladi
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan muzlatkich, kir yuvish mashinasi, konditsioner va boshqa maishiy texnikalarni xarid qilish uchun yillik 18 foiz stavkada iste’mol kreditlari ajratish rejalashtirilmoqda. Buning uchun tijorat banklarini arzon moliyaviy resurslar bilan ta’minlash bo‘yicha taklif ishlab chiqiladi.
Jamiyat · 30 sentabr, 22:192028-yildan barcha oliygohlarda dual ta’lim tizimi joriy etiladi
Ish beruvchi buyurtma bergan nomzod oliygohga testsiz, suhbat asosida qabul qilinadi, talabaga to‘langan maoshning yarmini esa davlat qoplaydi. Dual ta’limning 50 foiz nazariya va 50 foiz amaliyotdan iborat modeli joriy o‘quv yilidan O‘zbekistonda ilk bor TDYUda tajriba tariqasida yo‘lga qo‘yilgan edi. Endi “korxona — oliygoh — maqsadli kadr” tizimi 2027-yildan 75 ta, 2028-yildan barcha oliygohlarda amal qiladi.
Qonunchilik · 15 avgust, 16:16Noto‘g‘ri sudga berilgan ariza endi fuqaroga qaytarilmaydi
Sudga taqdim etilgan ariza boshqa sud vakolatiga kirsa, uni fuqaroga qaytarish o‘rniga tegishli sudga yuborish tartibi kengaytiriladi. Arizada juz’iy kamchiliklar bo‘lsa, sud ularni bartaraf etishda fuqaroga yordam berishi kerak bo‘ladi.
Foydali · 4 avgust, 20:57Uy narxini shartnomada aslidan past koʻrsatish nega keyinchalik qimmatga tushishi mumkin?
Uyning haqiqiy narxini shartnomada kamaytirib, pulning qolgan qismini qoʻlda berish xaridor va sotuvchi uchun qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin? Pinkod bunday kelishuvda eskrou himoyasi, qoʻshimcha soliq va boshqa masalalarni tahlil qildi.
Qonunchilik · 1 avgust, 22:45O‘zbekistonda 1-avgustdan nimalar o‘zgardi?
2026-yil 1-avgustdan O‘zbekistonda tadbirkorlik tekshiruvlari, mehnat nizolari, transport, ekologiya va qishloq xo‘jaligiga oid yangi tartiblar kuchga kirdi. Endilikda ayrim tekshiruvlar QR-kod orqali ro‘yxatga olinadi, mehnat nizolari ixtisoslashgan sudyalarga taqsimlanadi, jarima maydonchasidagi avtomobil esa elektron ruxsat bilan chiqariladi. Shuningdek, ayrim sohalar uchun yangi imtiyozlar va qo‘shimcha cheklovlar joriy etildi.