“AI” bo‘yicha: 0 ta xizmat, 8 ta maqola.
Maqolalar
Yetakchi AI kompaniyalari rahbarlari sunʼiy intellekt rivojini sekinlatishga chaqirmoqda
Claude’ni ishlab chiqqan Anthropic rahbari Dario Amodey eng kuchli sunʼiy intellekt modellarini rivojlantirish surʼatini sekinlatishga chaqirdi. ChatGPT ishlab chiquvchisi OpenAI rahbari Sem Altman bu taklifni qoʻllab-quvvatladi, Grok’ni ishlab chiqqan xAI asoschisi Ilon Mask esa Amodeyning fikriga qisqacha “Dario haq” deb munosabat bildirdi.
Qonunchilik · 11 sentabr, 14:36Shovqin uchun jarima 8,8 mln so‘mgacha oshiriladi
O‘zbekistonda belgilangan me’yordan ortiq shovqin qilganlik uchun jarimalar keskin oshiriladi. Takroriy qoidabuzarlik uchun mansabdor shaxslarga 8,8 mln so‘mgacha jarima solinishi mumkin. Yangi tartib 11-dekabrdan kuchga kiradi.
Xorij · 14 avgust, 16:57“Qamchi prezident bo‘lardi, men dam olishga ketardim”: Sadir Japarov 2027-yil uchun avvalgi rejasini oshkor qildi
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov dastlab 2027-yilgi prezidentlik saylovida ikkinchi muddatga nomzodini qo‘ymasdan, o‘rniga Kamchibek Tashiyevning prezident bo‘lishini rejalashtirganini aytdi. Biroq prezident keyinchalik bu fikridan qaytgan va endi saylovda ikkinchi muddat uchun qatnashmoqchi.
Jamiyat · 14 avgust, 15:20Tadbirkorlar kuni arafasida 66 nafar soha vakili davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
Tadbirkorlar kuni munosabati bilan O‘zbekistonda 66 nafar biznes vakili davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Ular orasida yirik kompaniyalar asoschilari va rahbarlari, xorijiy investorlar hamda turli sohalarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bor.
Qonunchilik · 28 iyul, 15:37Apex Moliya ilk islomiy mikromoliya bankiga aylanishni rejalashtirmoqda
Apex Moliya aksiyadorlari tashkilotni islomiy mikromoliya bankiga aylantirishga qaror qildi. Kompaniya buning uchun Markaziy bankdan dastlabki ruxsat va litsenziya olishi, ustav kapitalini esa 50 mlrd soʻmga yetkazishi kerak.
Jamiyat · 28 iyul, 15:12Soliq qoʻmitasi raisining sobiq birinchi oʻrinbosari Mubin Mirzayev 8 yil 2 oyga qamaldi
Jinoyat ishlari boʻyicha Shayxontohur tuman sudi Soliq qoʻmitasi raisining sobiq birinchi oʻrinbosari Mubin Mirzayev va yana 8 nafar shaxsga nisbatan hukm chiqardi. Mirzayev firibgarlik, mansab vakolatini suiisteʼmol qilish va hokimiyat harakatsizligida aybdor deb topilib, 8 yil 2 oyga ozodlikdan mahrum qilindi.
Qonunchilik · 24 iyul, 22:55Oʻzbekistonda Investitsiya kodeksi loyihasi ishlab chiqildi
Huquqiston loyihadagi asosiy oʻzgarishlarni bir joyga jamladi:
Jamiyat · 20 sentabr, 17:37Madad Invest Bank asoschisi Moʻminjon Yoʻldashev xalqaro qidiruvga berildi
Interpol Moʻminjon Yoʻldashevga nisbatan 2026 yil 15 sentabrda Red Notice eʼlon qildi. U Oʻzbekistonda oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilishda ayblanmoqda. Yoʻldashev 2024 yilda Madad Invest Bank kuzatuv kengashi raisligidan ketgan, ammo bank aksiyalarining asosiy qismi hali ham uning oila aʼzolari va ularga bogʻliq kompaniya qoʻlida qolmoqda.