Jamiyat · 28 iyul, 15:12Soliq qoʻmitasi raisining sobiq birinchi oʻrinbosari Mubin Mirzayev 8 yil 2 oyga qamaldi
Jinoyat ishlari boʻyicha Shayxontohur tuman sudi Soliq qoʻmitasi raisining sobiq birinchi oʻrinbosari Mubin Mirzayev va yana 8 nafar shaxsga nisbatan hukm chiqardi. Mirzayev firibgarlik, mansab vakolatini suiisteʼmol qilish va hokimiyat harakatsizligida aybdor deb topilib, 8 yil 2 oyga ozodlikdan mahrum qilindi.