Siyosat · 9 sentabr, 11:24Kredit qarzi undirilganda kartada kamida 680 ming so‘m qoldirilishi mumkin
Banklar kredit yoki kafillik qarzini mijozning kartasidan avtomatik undirayotganda undagi barcha pulni yechib olishi cheklanishi mumkin. Markaziy bank taklifiga ko‘ra, bunday undirishdan keyin kartada kamida 680 ming so‘m qolishi kerak. Biroq kredit to‘lovi uchun oldindan belgilangan kartalarga bu talab tatbiq etilmasligi mumkin.