Jamiyat · 20 sentabr, 17:37Madad Invest Bank asoschisi Moʻminjon Yoʻldashev xalqaro qidiruvga berildi
Interpol Moʻminjon Yoʻldashevga nisbatan 2026 yil 15 sentabrda Red Notice eʼlon qildi. U Oʻzbekistonda oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilishda ayblanmoqda.
Yoʻldashev 2024 yilda Madad Invest Bank kuzatuv kengashi raisligidan ketgan, ammo bank aksiyalarining asosiy qismi hali ham uning oila aʼzolari va ularga bogʻliq kompaniya qoʻlida qolmoqda.